Tojik-qirg‘iz mojarosi: otishma tufayli qishloq aholisi evakuasiya qilindi

Tojik-qirg‘iz mojarosi: otishma tufayli qishloq aholisi evakuasiya qilindi

Qirg‘izistonning qishlog‘i aholisi Tojikiston bilan chegarada mojaro tufayli evakuasiya qilingan, bu xaqda Botken viloyati ma’muriyati matbuot xizmatiga asoslanib, RIA Novosti xabar bermoqda.

"Tojikiston bilan chegara yaqinidagi Ko‘ktosh qishlog‘i aholisi xavfsizligini ta’minlash maqsadida vaqtincha uylaridan maktab binosiga ko‘chirildi", - dedi manba. Shuningdek, ma’muriyat vakilining so‘zlariga ko‘ra, chegara hududida joylashgan Daxma tumani aholisi ham xavfsiz joyga evakuasiya qilingan.

Qirg‘iziston Davlat chegara xizmatining ma’lum qilishicha, juma kuniga o‘tar kechasida, noma’lum shaxslar bir nechta mashinalarga va qirg‘iz aholisining uylariiga tosh otganlar. Favqulodda vaziyat joyiga yetib kelgan chegarachilar kichik kalibrli qurollardan o‘qqa tutildi. Davlat chegara xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, o‘q otish Tojikiston hududidan olib borilgan.

"Ayni paytda otishma to‘xtatildi. Davlat chegarasining qirg‘iz-tojik qismida vaziyat nisbatan barqaror. Xususan, Botken viloyatida joylashgan chegara bo‘linmalari xizmatni kuchaytirilgan tartibda olib bormoqda", - deyiladi chegara xizmati xabarida.

Davlat chegarasining qirg‘iz-tojik qismi vaqti-vaqti bilan mahalliy aholi yoki ikki mamlakat chegarachilari o‘rtasidagi ziddiyatlar hududiga aylandi. Asosiy sabab - chegaralar qat’iy delimitizasiya qilinmaganligi bois ikkala davlat chegaralari qayerdan o‘tayotganligini aniqlash imkoni yo‘qligida.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!