Timati Shahzoda Muhammedovaning turmush o‘rtog‘idan uzr so‘radi

Timati Shahzoda Muhammedovaning turmush o‘rtog‘idan uzr so‘radi

Rossiyalik mashhur hip-hop ustasi Timati Shahzoda Muhammedovaning turmush o‘rtog‘i Marat Xayrullayevichdan uzr so‘rab, birga bir stolda o‘tirishni taklif qildi. Bu haqda aktrisaning turmush o‘rtog‘i Instagram story’sida ma’lum qildi.

Ma’lum bo‘lishicha, Marat Xayrullayevich 17 yanvar kuni tug‘ilgan kunini nishonlash maqsadida Dubay shahridagi «Osh Dubai» restoranida stol buyurtma qilgan. Shu kuni u oilasi va do‘stlari davrasida restoranga kelib, stol atrofiga yig‘ila boshlagan.

Shundan so‘ng restoran xodimlari kelib, bu joy Timati tomonidan band qilinganini aytib, boshqa joyga o‘tishlarini so‘ragan. Marat va uning oilasi boshqa stolga o‘tib o‘tirgan va u tug‘ilgan kun kayfiyatini obunachilari bilan bo‘lishish maqsadida Instagram’da jonli efir tashkil qilgan. Timatining tansoqchisi kelib, Maratga reper o‘tirgan restoranda jonli efir qilish mumkin emasligini aytib, efirni tugatishni so‘ragan.

«Bu holat meni biroz tushkunlikka tushirdi va biz o‘rnimizdan turib boshqa restoranga ketdik. ‘Osh Dubaiʼ restorani o‘zining professional emasligini, Timati esa takabburligini ko‘rsatib qo‘ydi», — deb yozgan aktrisaning turmush o‘rtog‘i.

Keyinroq Timati Maratning Instagram’iga yozib, undan uzr so‘ragan.

«Kechirasiz, do‘stim. Yigitlarim biroz qizishib ketdi. Uzoqqa ketmagan bo‘lsangiz, keling, birga o‘tiramiz. Tug‘ilgan kuningiz bilan. E’tibor bermang», — deb yozgan Timati.

Manba: Teznews.uz 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!