Telegram: Rossiyadagi eng yirik shifrlangan xabar almashish xizmati

Telegram: Rossiyadagi eng yirik shifrlangan xabar almashish xizmati

2014 yilda Rossiyani tark etgan Durov o‘zining birinchi texnologik loyihasi bo‘lgan rus ijtimoiy tarmog‘i «VKontakte» egalik bilan bog‘liq muammolarga duch kelganidan so‘ng, Kremlni ayblagan edi.

Ikkinchi loyihasi ustida ishlab Durov 2013 yilda akasi Nikolay bilan Dubayda bosh ofisi joylashgan Telegram shifrlangan xabar almashish xizmatini yaratdi.

Kompaniya o‘zini foydalanuvchilar ma’lumotlaridan tijorat maqsadlarida foydalanishi uchun ko‘pincha tanqid qilinadigan AQShga tegishli platformalarga «neytral» va xususiy alternativ sifatida ko‘rsatishga harakat qildi.

Rossiya va Ukrainadagi siyosiy va harbiy hokimiyatlar kontentlarni chop etish va muloqot qilishda asosan Telegram’ga tayanadi.

Rossiyadagi eng yirik xabar almashish va video platformasiga ega bo‘lishiga qaramay, Durovning Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Kreml bilan munosabatlari noaniq.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!