Ta’ziya! O‘zbekistonlik olima, professor vafot etdi

Ta’ziya! O‘zbekistonlik olima, professor vafot etdi

23 sentyabr kuni O‘zbekistonda Sosiologiya va Ijtimoiy ish sohasi rivojiga katta hissa qo‘shgan olima, sosiologiya fanlari doktori, professor Ganiyeva Ma’rifat Xabibovna 74 yoshida hayotdan ko‘z yumdi.

Professor Ma’rifat Ganiyeva 1947 yil 13 fevralda Toshkent shahrida ziyoli oilasida tavallud topgan. 1970 yilda ToshDU (O‘zMU) ning Tarix fakulteti  Falsafa bo‘limini  tamomlagan. Olima 1970 yili o‘qishni bitirgach, o‘z pedagogik va ilmiy faoliyatini ToshDU (O‘zMU)da o‘qituvchi sifatida davom ettirdi. M.Ganiyeva 1971-1974 yillarda TDPI Falsafa kafedrasida aspirant, 1975 yil may oyida nomzodlik dissertasiyasini himoya qildi. Shu yili unga OAK tomonidan falsafa fanlari nomzodi ilmiy darajasi berildi. 1974-1994 yilarda – ToshDU o‘qituvchisi, katta o‘qituvchisi, kafedra mudiri lavozimlarida ishladi. 1981 yilda Buyuk Britaniya Oksford universiteti St Antony¢s kolledji stajer-tadqiqotchisi, 1994-1995 yilarda – Rossiyaning «Ostankino» telekompaniyasining O‘zbekistondagi muhbiri lavozimida ishladi.

O‘zbekiston Respublikasida «Sosiologiya» va «Ijtimoiy ish» fanlarining nazariy va amaliy rivoji, sohaning ijtimoiy-ma’naviy hayotdagi o‘rnini yuksaltirish, targ‘ib qilishga o‘zining munosib hissasini qo‘shgan olimaning «Sosiologiya», «Madaniyat sosiologiyasi», «Ijtimoiy ish nazariyasi», «Ijtimoiy ish tarixi», «Ijtimoiy ishning huquqiy asoslari», «Etnososiologiya», «Oilalar bilan ijtimoiy ish» kabi o‘nlab darslik va o‘quv qo‘llanmalari o‘zbek va rus tillarida chop etilgan edi. O‘zbekiston Milliy universitetida professor Ma’rifat Ganiyeva «Ijtimoiy jarayonlar va munosabatlarni tadqiq etish, ijtimoiy ishni rivojlantirish” ilmiy maktabi yaratgandi. Mamlakatimizda Ijtimoiy ish sohasining asoschilaridan biri, fidoyi olima, yetuk ustoz Ma’rifat Xabibovna Ganiyevaning porloq xotirasi safdoshlari va shogirdlari qalbida saqlanib qoladi. 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!