Taniqli aktyor 74 yoshida koronavirusdan vafot etdi

Taniqli aktyor 74 yoshida koronavirusdan vafot etdi

Meksikalik kino va teatr aktyori Raymundo Kapetillo koronavirusdan vafot yetdi. Bu haqda El Universal gazetasi xabar bermoqda.

Ta’kidlanishicha, "Yovvoyi atirgul" seriali aktyori taxminan bir hafta oldin kasalxonaga yotqizilgan. Bu vaqt davomida u Mexiko shahridagi klinikalarda shifokorlar nazorati ostida bo‘lgan, ammo Covid-19 infeksiyasi tufayli kelib chiqqan asoratlar oqibatida vafot etgan. Aktyor 74 yoshda edi.

Raymundo Capetillo 1962 yildan filmlarda aktyorlik faoliyatini boshladi. Uning eng mashhur filmlari orasida "Yovvoyi atirgul", "Marisol", "Ehtiros", "Shafqatsiz sevgi", "Mening qora singillarim uchun oq atirgullar" va "Qotil ayollar" kabi kartinalar bor.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!