Tadbirkorlikni boshlayotgan ishsiz fuqarolarga ijara to‘lovini qoplash uchun subsidiya ajratiladi
Kambag‘al va ishsiz fuqarolarni tadbirkorlikka jalb qilish, ularning mehnat faolligini oshirish yuzasidan quyidagi imtiyozlar belgilangan:
🔹tadbirkorlarga ish o‘rinlari va sharoitlarini nogironligi bo‘lgan shaxslarga moslashtirish uchun har bir moslashtirilayotgan ish joyi uchun BHM ning 40 baravari (13 mln 600 ming so‘m) miqdorigacha;
🔹tadbirkorlik faoliyatini boshlayotgan ishsiz fuqarolarga tadbirkorlik sub’ekti sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tgandan so‘ng dastlabki uch oy mobaynida olingan bino va inshootning ijara to‘lovi;
🔹hunarmandlarning “Hunarmand” uyushmasiga a’zolik badali xarajatlarini qoplash uchun subsidiya ajratiladi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)