Surxondaryoda noqonuniy diniy faoliyatga chek qo‘yildi

Surxondaryoda noqonuniy diniy faoliyatga chek qo‘yildi

Qayd etilishicha, o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida Boysun tumanida noqonuniy diniy saboq berish bilan shug‘ullanuvchi shaxs faoliyati aniqlangan. 1989 yilda tug‘ilgan, ma’lumoti o‘rta bo‘lgan shaxs oyiga 500 ming so‘mdan bir million so‘mgacha bo‘lgan miqdorda o‘z uyida 11 nafar voyaga yetmagan bolaga hujra sharoitida turli diniy adabiyotlardan foydalanib, noqonuniy diniy saboq berib kelgan.

Holat yuzasidan ayblanuvchiga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 241-moddasi tartibida hujjatlar rasmiylashtirilib, 10 sutka qamoq jazosi qo‘llanildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!