Surxondaryoda joylashgan savdo majmuasidagi 12 ta do‘konda yong‘in chiqdi

Surxondaryoda joylashgan savdo majmuasidagi 12 ta do‘konda yong‘in chiqdi

Surxondaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Denov tumanidagi savdo markazida sodir bo‘lgan yong‘in yuzasidan ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, 25 iyun tungi soat 02:12 da Denov tumani “Bobur” mahallasida joylashgan “Bek” MCHJga qarashli savdo majmuasi hududidagi 4 ta asosiy va 8 ta kichik savdo do‘konlarida yong‘in sodir bo‘lgan va 90 kvadrat metr maydondagi buyum hamda kiyim-kechaklar yong‘indan zararlangan.

Voqea joyiga Denov, Sho‘rchi, Oltinsoy, Sariosiyo va Qumqo‘rg‘on tumanlari FVBlarining 9 ta yong‘in-qutqaruv ekipajlari soat 02:20 da yetib borib, yong‘in soat 02:30 da qurshab olingan va soat 03:50 da batamom o‘chirilgan.

Yong‘in qutqaruvchilarining say-harakatlari natijasida majmuaning boshqa hududlariga yong‘in tarqalishining oldi olingan va 48 ta savdo do‘koni hamda 500 kvadrat metr maydoni saqlab qolingan. Yong‘in oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q.

Hozirda yong‘in kelib chiqish sabablari va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!