Surxondaryoda erkak akasi va ukasi bilan o‘z xotiniga tajovuz qilgani ma’lum bo‘ldi

Surxondaryoda erkak akasi va ukasi bilan o‘z xotiniga tajovuz qilgani ma’lum bo‘ldi

Ijtimoiy tarmoqlarda Termiz shahar, 1-sonli “Surxon haqiqat maskani” advokatlik hay’ati advokati R.X.ga nisbatan viloyat prokurorining sanksiyasisiz tergov harakatlari olib borilgani to‘g‘risida xabarlar tarqalgan.

Aniqlanishicha, R.X. joriy yilning 21 iyul kuni akasi T.X. va ukasi B.X. bilan turmush o‘rtog‘i F.X.ni jamoat joyida urishib, uni egnida bo‘lgan kiyimlarini yirtib, sog‘lig‘ini buzilishiga sababchi bo‘lgan “engil” tan jaroxati yetkazishib, bezorilik harakatlarining oldini olish chorasini ko‘rgan M.B.ni ham urib, kiyimlarini yirtib, unga “engil” tan jarohati yetkazishgan.

Mazkur holat yuzasidan viloyat prokuraturasi tomonidan R.X.ga nisbatan JKning 277-moddasi (bezorilik) 3-qismi “g” bandi bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha tergov harakatlari olib borilib, jinoyat ishi ayblov xulosasi bilan mazmunan ko‘rib chiqish uchun viloyat sudiga yuborilgan.

Jinoyat ishi doirasida ikki nafar shaxsga “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Advokatga nisbatan viloyat prokurorining roziligisiz tergov harakatlari amalga oshirilgani to‘g‘risidagi vajlar rad etiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!