“Suriyada sog‘liqni saqlash tizimi yo‘q qilindi”

“Suriyada sog‘liqni saqlash tizimi yo‘q qilindi”

Xalqaro qutqaruv qo‘mitasi Suriyada sog‘liqni saqlash tizimida yuzaga kelgan vaziyat haqidagi hisobotini e’lon qildi, deya xabar bermoqda “Al-Jazira”. Hisobotda aytishicha, o‘n yillik urush Suriya sog‘liqni saqlash tizimiga vayronkor ta’sir ko‘rsatdi. 

Butun mamlakatda qurolli to‘qnashuvlar chog‘ida kasalxonalar va klinikalar hujumga uchragan. Hisobotni tayyorlash uchun o‘tkazilgan so‘rovda qatnashganlarning 60 foizi tibbiyot muassasasiga hujum chog‘ida jabrlanganini aytgan. Hujumlar dastidan tibbiyot xodimlarining taxminan 70 foizi mamlakatni tark etgan, hozir har 10 ming suriyalikka 1 nafar shifokor to‘g‘ri kelmoqda. Tibbiyot muassasalari va resurslar yetishmayotgani sababli tibbiyot xodimlari haftasiga kamida 80 soat ishlashiga to‘g‘ri kelmoqda. 

“Bir paytlar kerakli dorilarning 90 foizini o‘zi ishlab chiqargan mamlakat endi misli ko‘rilmagan dori-darmon tanqisligini boshidan o‘tkazmoqda”, – deyiladi hisobotda. 

“Shifokorlar inson huquqlari uchun” tashkiloti Suriyada 2011 yildan beri tibbiyot muassasalari 595 marta hujumga uchraganini aniqladi. Tashkilot vakili Misti Basuellning aytishicha, Suriyada sog‘liqni saqlash tizimi yo‘q qilindi. “Masalan, BMTning bildirishicha, Suriyaning shimoli-g‘arbida sog‘liqni saqlash muassasalarining 50 foizi ishlamayapti”, – deydi u. 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!