Sug‘urta mablag‘larini talon-toroj qilgan markaz boshlig‘i aniqlandi

Sug‘urta mablag‘larini talon-toroj qilgan markaz boshlig‘i aniqlandi



Bosh prokuratura huzuridagi Departamentining Toyloq tuman bo‘limi tomonidan tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “K.s.” AJning Toyloq tuman sug‘urta markazi boshlig‘i B.M. o‘ziga ishonib topshirilgan jami 101,1 mln so‘m so‘mlik sug‘urta polisi pullarini kirim qilmasdan, ushbu mablag‘larni o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!