Stoltenberg Shvesiya va Finlyandiyani hamkorlikni kengaytirishga chaqirdi

Stoltenberg Shvesiya va Finlyandiyani hamkorlikni kengaytirishga chaqirdi

Shvesiya va Finlyandiya terrorizmga qarshi kurash bo‘yicha qonunchilik bazasini kuchaytirishi, terrorizm va Kurdiston ishchi partiyasi kabi terror tashkilotlariga qarshi kurashda NATO, jumladan Turkiya bilan hamkorlikni kengaytirishi kerak. Bu haqda Shimoliy Alyans Bosh kotibi “SVT” telekanaliga intervyusida aytib o‘tdi.

“Antiterror qonunchiligini kuchaytirish, terrorizmga qarshi kurashda hamkorlikni oshirish va qurol eksportiga cheklovni olib tashlashlari muhim”, dedi u.

“NATO a’zosi bo‘lgan Turkiya uchun bu muhim, chunki bu davlat terrordan ko‘p zarar ko‘rgan. Terror hujumlaridan xavotirda. Shuning uchun bunday hujumlardan o‘zini himoya qilish huquqiga ega”.

Stoltenberg Shvesiya va Finlyandiyaning NATOga a’zolik arizalari ratifikasiya jarayoni uzoq vaqt talab qilishini “normal holat”, deb atadi.

Uning ta’kidlashicha, 30 a’zo davlatdan 28 tasi allaqachon ratifikasiyani amalga oshirgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!