Statistika: Rossiyada har beshinchi bola qashshoqlik chegarasidan ham pastda

Statistika: Rossiyada har beshinchi bola qashshoqlik chegarasidan ham pastda

Rossiyada 2018 yil yakuniga ko‘ra, har beshinchi bola daromad darajasi yashash darajasidan ham past bo‘lgan oilada hayot kechirgan.

Bu haqda Rosstatning "Qashshoqlikning ijtimoiy-iqtisodiy ko‘rsatkichlari" byulleteniga asoslanib RBK xabar berdi.

Gazetaning ta’kidlashicha, hujjat ikki yil kechikish bilan nashr etilgani bois Rossiyada bolalar qashshoqligi darajasi to‘g‘risidagi eng kerakli ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan.

Rosstat ma’lumotlariga qaraganda, 2018 yilda qashshoqlikning eng yuqori darajasi ko‘p bolali (49,4%) va yosh oilalarda (34,3%) qayd etilgan.

Shu bilan birga, byulletendan kelib chiqqan holda, 2017 yilda vaziyat yanayam yomonroq bo‘lganligini bilish mumkin. O‘sha paytda bolalarning kambag‘allik darajasi 26% bo‘lgan bo‘lsa, 2018 yilda bu ko‘rsatkich 22,9% gacha tushgan.

Umuman, bo‘lim ma’lumotlariga ko‘ra, 2018 yilda 18,4 million kishi (12,6%) qashshoqlik chegarasida yashagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!