SOVID-19 taslim etilmoqdami? Yana bir davlat cheklovlar yengillashtirilishini e’lon qildi  

SOVID-19 taslim etilmoqdami? Yana bir davlat cheklovlar yengillashtirilishini e’lon qildi  

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an koronavirus sababli joriy qilingan cheklovlar yengillashtirilishini e’lon qildi. 

Ta’kidlanishicha, 10 may kuni 65 yoshdan kattalar, 13 may kuni 14 yoshgacha bo‘lgan bolalar, 15 may kuni esa 15 yoshdan 20 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar soat 11dan 15gacha sayr qilishga chiqishlari mumkin bo‘ladi.

Bundan tashqari, bir qator viloyatlar: Antaliya, Oydina, Malatya, Mersin, Mugli, Xatay va Erzurumga kirish-chiqishga taqiqlov bekor qilinadi. Shu bilan birga Erdo‘g‘an agar aholi mamlakatda turmush tarzi normallashtirilishi rejasiga amal qilmasa, hukumat choralarni yana qat’iylashtirishi mumkinligini aytgan.

Turkiyada koronavirus tarqalishiga qarshi choralar aprel boshidan kiritila boshlagandi. O‘shanda mamlakatda 20 yoshdan kichiklar va 65 yoshdan kattalarga komendantlik soati kiritilgan hamda 31 ta viloyatga, jumladan, Anqara, Istanbul va Antaliyaga kirish-chiqish taqiqlab qo‘yilgan. Bundan tashqari, 10 apreldan har dam olish kunlari barcha aholi uchun ikki kunlik komendantlik soati amal qilib kelgan.

Ayni vaqtda Turkiyada koronavirusga chalinganlar soni 127 mingdan oshib ketgan, undan 3425 kishi vafot etgan, 68 mingdan ko‘proq kishi sog‘aygan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!