Soliq to‘lovlarini to‘lamagan shaxslar javobgarlikka tortiladi

Soliq to‘lovlarini  to‘lamagan shaxslar javobgarlikka tortiladi

🔘 Qonunchilikka ko‘ra, soliq olinadigan foydani (daromadni) yoki boshqa ob’ektlarni qasddan yashirish (kamaytirib ko‘rsatish) yoxud soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar to‘lashdan qasddan bo‘yin tovlash:

➖ fuqarolarga BHMning 3 baravaridan 5 baravarigacha;
➖ mansabdor shaxslarga esa 5 baravaridan 7 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

➡️ Xuddi shunday huquqbuzarlik ancha miqdorda sodir etilgan bo‘lsa:

➖ fuqarolarga BHMning 5 baravaridan 10 baravarigacha miqdorda;
➖ mansabdor shaxslarga esa 10 baravaridan 15 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

☑️ Shuningdek, daromadlar to‘g‘risida deklarasiya taqdim etishdan bo‘yin tovlash, deklarasiyani o‘z vaqtida taqdim etmaslik yoki unda atayin noto‘g‘ri ma’lumotlarni taqdim etish BHMning 1 baravaridan 3 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!