Sochlarini sariq rangga bo‘yagan maktab o‘quvchisi darslardan chetlatildi. Nega?

Sochlarini sariq rangga bo‘yagan maktab o‘quvchisi darslardan chetlatildi. Nega?

Sankt-Peterburgning Viborgsk tumanidagi xususiy maktabda sochlarini sariq rangga bo‘yagan yuqori sinf o‘quvchisi darslardan chetlatildi, deya xabar berdi advokat Anna Radovanovich.

Maktab qoidalariga binoan, o‘quvchilarning sochlarini yorqin, notabiiy ranglarga bo‘yashi mumkin emas. Advokatning ta’kidlashicha, o‘quvchi 19 fevraldan boshlab darslarga qo‘yilmagan.

Hodisa haqidagi shikoyat mahalliy prokuraturaga yuborilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!