Sobiq bank xodimi, uning xotini va farzandini o‘ldirgan erkak o‘z joniga qasd qildi

Sobiq bank xodimi, uning xotini va farzandini o‘ldirgan erkak o‘z joniga qasd qildi

Belarusdagi izolyatorda Moskvada sobiq bank xodimi Mixail Yaxontovning o‘ldirilishida gumonlanib, sirtdan hibsga olingan Andrey Skripkin o‘z joniga qasd qildi.

Erkak bir kun avval qo‘lga olingan va u Rossiyaga qaytarilishi kerak edi, biroq o‘z joniga qasd qildi, deb xabar bermoqda REN TV vaziyatdan xabardor manbaga tayanib.

Sobiq bankir va uning rafiqasi hamda bolasining shafqatsizlarcha o‘ldirilishi 26 oktyabr kuni Moskvadagi elita turar-joy majmuasida sodir etilgan. Yaxontov pichoqlab o‘ldirilgan, uning xotini esa bo‘g‘ib o‘ldirilgan, bolaning bo‘yni singan.

Marhum tadbirkor "Smolensk banki"dan mablag‘larni o‘zlashtirganlikda ayblanib, olti yil qamoqda o‘tirgandi. Shu bilan birga, u kreditorlarga 19 milliard rubldan ortiq qarzdor bo‘lgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!