Britaniyada qamoqxonalarda joy yo‘qligi sababli mahbuslar ozod qilinadi

Britaniyada qamoqxonalarda joy yo‘qligi sababli mahbuslar ozod qilinadi

Buyuk Britaniya hukumati mamlakatdagi qamoqxonalar gavjumligi sababli ayrim jinoyatchilarni vaqtincha ozod qilishga qaror qildi.

Bu haqda Reuters agentligi xabar berdi.

Ba’zi sud majlislari qamoqxonalarning haddan tashqari ko‘pligi bilan kurashish bo‘yicha ko‘rilayotgan favqulodda choralar doirasida qoldiriladi. Agentlikning ta’kidlashicha, so‘nggi 30 yil ichida qamoq jazosi uzoqroq muddat va og‘ir jinoyatlarga nisbatan qat’iy yondashuv tufayli Angliya va Uelsda qamoqxonalardagi shaxslar ikki baravar ko‘paygan.

Buyuk Britaniya bosh vaziri Rishi Sunakning so‘zlariga ko‘ra, muddatidan oldin ozodlikdan mahrum etish faqat jazo muddati tugashi arafasida bo‘lganlarga tegishli bo‘ladi. Qayd etilishicha, ozod etiladigan shaxslar qattiq nazorat ostida bo‘lishadi.

Ushbu chora terrorizm, jinsiy zo‘ravonlik yoki jiddiy zo‘ravonlikda ayblangan jinoyatchilarga nisbatan qo‘llanilmaydi. Qamoqxona gubernatorlari ham ba’zi mahbuslarning ozod etilishiga to‘sqinlik qilishi mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!