“SMS xabar”: Endi notariusda xizmat uchun ortiqcha haq to‘lamaysiz

“SMS xabar”: Endi notariusda xizmat uchun ortiqcha haq to‘lamaysiz

Adliya vazirligi tomonidan joriy yilning 1 iyunidan notariuslar faoliyatida “SMS xabar” elektron tizimi joriy etilmoqda.

“SMS xabar” da 2 ta juda muhim ma’lumot bo‘ladi:

Birinchisi, xabarda notarial harakatlar uchun mijoz tomonidan amalga oshirilgan to‘lovning aniq miqdori ko‘rsatilgan bo‘ladi. Ya’ni, notariat xodimi talabiga asosan yoki kassada mijoz tomonidan to‘langan pul miqdorini SMS xabarda ko‘rsatilgan qonuniy to‘lovlar miqdori bilan solishtirish imkoniyati paydo bo‘ladi.

Ikkinchisi, notarial harakatni oxiriga yetkazish uchun SMS xabar orqali to‘rtta raqamli kod mijozning telefoniga yuboriladi. Notarius ushbu tasdiqlovchi kodni elektron tizimga kiritgandan so‘nggina notarial harakatni amalga oshirishni rasman yakunlashga ruxsat etiladi. Bunda ushbu kod notarial harakatni amalga oshirish uchun kalit vazifasini bajaradi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!