Sizu bizga nima bo‘lyapti? Andijonda aka o‘z ukasini, Jizzaxda qarindosh qondoshini ayovsiz kaltakladi

Sizu bizga nima bo‘lyapti? Andijonda aka o‘z ukasini, Jizzaxda qarindosh qondoshini ayovsiz kaltakladi

2018 yil 29 oktyabr kuni Andijon shahar “Gumbaz” MFYda yashovchi I.O‘. uyida o‘zaro janjal tufayli birga yashovchi ukasining tanasini turli joylariga urib-tepib, jarohat yetkazgan. Natijada uka kasalxonaga yotqizilgan.

Sud-tibbiy ekpertizasining hulosasiga asosan holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, I.O‘. qo‘lga olingan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Shuningdek,  Jizzax viloyatining Zomin tumanida shu yil 27 oktyabr kuni “Gulshan” MFYda yashovchi R.J. mast holda qarindoshi O.H.ning uyida o‘zaro janjal tufayli uning tanasini turli joylariga urib-tepib jarohat yetkazgan.

Natijada O.H. kasalxonaga yotqizilgan. Sud-tibbiy ekpertizasining hulosasiga asosan holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, R.J. qo‘lga olingan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi har ikkala holat yuzasidan ham tergov harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!