Siyosatchi islomofob partiyadan chiqariladi

Siyosatchi islomofob partiyadan chiqariladi

Germaniyaning sosial-demokratik partiyasi Germaniya va Yevropaning islomlashib ketayotganligi xavfi haqidagi nashrlari bilan mashhur bo‘lgan siyosatchi va yozuvchi Tilo Sarrasinni o‘z safidan chiqarmoqchi. Uning aynan mana shu nashrlari partiyada maxsus komissiya tuzilib, tahlil qilinishiga va mana shunday qarorga kelinishiga sabab bo‘ldi.

Partiyaning bosh kotibi Lars Klingbayl Sarrasinning qarashlari Sosial-demokratik partiyaning tamoyil va vazifalariga umuman to‘g‘ri kelmasligi va bu partiyaning obro‘-e’tiboriga sezilarli talafot yetkazishini ta’kidladi.

Tilo Sarrasin oxirgi bir necha yil mobaynida ommaviy migrasiya va mamlakatning islomlashishiga qarshi bo‘lgan bir qator kitoblar chop etgan. U 2010 yilda Germaniya. O‘z-o‘zini tugatish kitobi sababli Federal bank direktorlar kengashini tark etgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!