Sirdaryolik erkakning uyida yong‘in, o‘zi jarohat oldi

Sirdaryolik erkakning uyida yong‘in, o‘zi jarohat oldi

2019 yil 8 may kuni Sirdaryo viloyatining Sayxunobod tumani Yangi asr ko‘chasida yashovchi A.N. uyi oshxonasida gaz plitasini yoqish maqsadida gugurt chaqqan vaqtida gaz plitasidan sizib chiqqan gaz va xavo aralashmasidan chaqnash sodir bo‘lgan.Ko‘rilgan choralar natijasida yong‘in o‘chirilgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasiga ko‘ra, yong‘in oqibatida oshxonaning tom qismi yonib zarar ko‘rgan hamda A.N. kuyish jarohatlari bilan kasalxonaga yotqizilgan. Surishtiruv ishlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!