Sirdaryoda YPX xodimi jazolandi

Sirdaryoda YPX xodimi jazolandi

Ijtimoiy tarmoqda "Sirdaryoda qarg‘aydigan GAI xodimi" sarlavhasi ostida tarqalgan videolavha yuzasidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilayotganligi haqida O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB Axborot xizmati ma’lumot bergan edi.
Tekshiruv xulosasiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining “Transport vositalari haydovchilarining mast holatda ekanligini aniqlash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori bilan tasdiqlangan Nizom hamda Ichki ishlar vazirining tegishli buyrug‘i talablarini buzganligi uchun Sirdaryo viloyati IIB YHXB YPX otryadi birinchi safarbar guruhi YPX inspektori I.Yoqubovga nisbatan “Lavozim maoshining 30% miqdorida jarima” jazosi e’lon qilindi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!