Sirdaryoda o‘z jigarbandini 10 ming 200 dollarga pullashga uringan ona 5 yilga «kesildi»

Sirdaryoda o‘z jigarbandini 10 ming 200 dollarga pullashga uringan ona 5 yilga «kesildi»

O‘tgan, 2020 yilning 5 may kuni Boyovut tumani, "Laylakko‘l" mahallasida fuqaro E.Sh chaqalog‘ini fuqaro R.Gga 10,200 AQSh dollariga sotayotgan vaqtida Sirdaryo viloyati IIB T va EQKB hamda Boyovut tumani IIB xodimlari tomonidan qo‘lga olingan edi.

«Sirdaryo Xabarlari»ga xabar berilishicha, o‘z jigarbandini pullashga uringan nobakor onani jinoyat ishlari bo‘yicha Boyovut tumani sudi Jinoyat kodeksining 135-moddasi 3-qismi «a» bandi (o‘n sakkiz yoshga to‘lmaganligi aybdorga ayon bo‘lgan shaxs oldi-sotdisi — odam savdosi) bilan aybdor deb topdi va unga Jinoyat kodeksining 57-moddasi (engilroq jazo tayinlash) qo‘llanilib, 5 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Sirdaryoda o‘z farzandini pullagan ona va uning sherigi sudlanganligi, shuningdek, Sirdaryoda yana bir ona 2 oylik farzandini 3000 dollarga pullayotganda qo‘lga olinganligi haqida xabar berilgandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!