Sirdaryoda o‘z chaqalog‘ini pullayotgan shaxs ushlandi

Sirdaryoda o‘z chaqalog‘ini pullayotgan shaxs ushlandi

Sirdaryo viloyati Guliston shahri Bo‘ston MFYda istiqomat qiluvchi fuqarolar chaqaloq savdosi bilan qo‘lga olinishdi. Bu haqda O‘zA nashri xabar qilmoqda.

2019 yilning 15 may kuni Sirdaryo viloyati IIB TEQKB xodimlari tomonidan Guliston shahar hududida o‘tkazilgan tadbir davomida Guliston shahar, Bo‘ston MFYda istiqomat qiluvchilar B.A. va B.L. fuqaro B.A.ning 2019 yilning 13 may kuni tuqqan farzandi M.SH.ni fuqaro D.Z.ga 2 million so‘mga sotgan vaqtida ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 135-moddasi 3-qismi a bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!