Sirdaryoda mansabdorlar xodimlar nomiga plastik karta ochib, ish haqi va boshqa to‘lovlar o‘tkazib, ishlatib yurgani ma’lum bo‘ldi

Sirdaryoda mansabdorlar xodimlar nomiga plastik karta ochib, ish haqi va boshqa to‘lovlar o‘tkazib, ishlatib yurgani ma’lum bo‘ldi

Mirzaobod tuman adliya bo‘limiga tuman sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi va jamoat salomatligi bo‘limi xodimlaridan kelib tushgan murojaat qonun doirasida o‘rganib chiqildi. Bu haqda «Sirdaryo Xabarlari»ga Mirzaobod tuman adliya bo‘limi boshlig‘i Hamid Ahmedov tomonidan xabar berildi.

Ma’lum bo‘lishicha, xodimlar bo‘lim mansabdor shaxslaridan norozi bo‘lishgan. Boisi, xodimlar nomiga bankdan 2020 yilning avgust oyida boshqa HUMO plastik kartalari ochilib, bo‘lim xodimlarining xabardorligisiz, ish haqi va boshqa to‘lovlar o‘tkazilib, ishlatib yuborilib, plastik kartalar bo‘lim bosh hisobchisi tomonidan qoldiqsiz holatda 2020 yil sentyabr oyida topshirilgan.

"Ushbu murojaat o‘rganilganda, bo‘lim mansabdor shaxslari tomonidan jami 38 879 400 so‘m mablag‘lar talon-taroj qilinganligi aniqlandi.

Mirzaobod tuman adliya bo‘limi tomonidan mansabdor shaxlarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 167-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atish masalasini ko‘rib chiqish uchun tuman prokuraturasiga jinoiy taklif kiritilib, fuqarolarning murojaatlari qanoatlantirildi", — deyiladi xabarda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!