Sirdaryoda ayollar janjali pichoqbozlik bilan yakunlandi

Sirdaryoda ayollar janjali pichoqbozlik bilan yakunlandi

2019 yil 29 iyul kuni Sirdaryo viloyatining Guliston tumanida yashovchi 22 yoshli N.P. ismli ayol Mevazor mahallasida yashovchi 43 yoshli M.D. ismli ayolning uyida o‘zaro janjal oqibatida uni tanasining turli joylariga pichoq bilan urib jarohat yetkazgan. Natijada M.D. kasalxonaga yotqizilgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasiga ko‘ra, holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, N.P. ushlangan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!