Shvesiya shahzodasi Karl Filipp va malika Sofiyada koronavirus aniqlandi

Shvesiya shahzodasi Karl Filipp va malika Sofiyada koronavirus aniqlandi

Shvesiya shahzodasi Karl Filipp hamda uning turmush o‘rtog‘i malika Sofiyada koronavirus infeksiyasi aniqlandi. Bu haqda qirollik saroyi bayonotiga tayanib, «Interfaks» xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 41 yoshli shahzoda va uning 35 yoshli turmush o‘rtog‘ida kasallikning yengil belgilari kuzatilmoqda — xuddi grippdagidek. Oila ikki nafar yosh bolasi bilan Stokgolmdagi uyida davolanmoqda.

Ta’kidlanishicha, yaqin vaqtlar ichida Shvesiya qiroli Karl XVI Gustav, qirolicha Silviya, shuningdek, malika Viktoriya, ularning qizi hamda Karl Filippning singlisi va uning turmush o‘rtog‘i Daniel ham koronavirusga test topshiradi.

Aftonbladet tabloidining ma’lumotlariga ko‘ra, qirollik oilasi o‘tgan hafta qirolicha Silviyaning dafn marosimida to‘plangan, bunga qadar marosim ishtirokchilari koronavirusga test topshirgan va barchaning natijasi salbiy chiqqan edi.

Pandemiya boshida malika Sofiyada koronavirusga chalinganlarni davolovchi Stokgolmdagi kasalxonalardan biriga volontyor sifatida ishga joylashgan edi. Yaqin vaqtgacha u yerda yarim stavkada ishlab kelayotgandi.

Eslatib o‘tamiz, Shvesiya dunyoda koronavirusga qarshi kurash uchun karantin joriy qilmagan kam sonli davlatlardan biri hisoblanadi. Mamlakat bosh epidemiologi Anders Tegnell karantindan voz kechilgani sababli mamlakatda juda ko‘p odam vafot etganini tan olgandi va buni xato deb atagandi. U mamlakat o‘z siyosatini qayta ko‘rib chiqishi va keskinroq karantin choralarini ko‘rishi kerakligini ma’lum qilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!