Shomurodov: «Rossiya darvozasiga penalti belgilanishi kerak edi»

Shomurodov: «Rossiya darvozasiga penalti belgilanishi kerak edi»

O‘zbekiston milliy jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodov Rossiyaga qarshi bo‘lib o‘tgan o‘rtoqlik o‘yini (0:0) borasida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.

"Biz bir qator vaziyatlar yaratdik, ammo ulardan foydalana olmadik. Bundan tashqari, o‘yin so‘ngida penalti tepishimiz kerak edi. Nazarimda, o‘sha vaziyatda penalti bor edi", — dedi "Roma" futbolchisi.

Eslatib o‘tamiz, Rossiyaga qarshi bahsga qo‘shib berilgan daqiqalarda Otabek Shukurov raqib himoyachisi Dmitriy Barinovni aldab o‘tib, jarima maydoniga kirdi, ammo rossiyalik futbolchi hamyurtimizni qo‘li bilan tortib qoldi. Vaziyatga yaqin turgan qozog‘istonlik hakam penalti belgilashga jazm etmadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!