Shifokor dam olish kunlaridagi uzoq uyquning jiddiy xavflari haqida gapirdi

Shifokor dam olish kunlaridagi uzoq uyquning jiddiy xavflari haqida gapirdi

Dam olish kunida uzoq vaqt uxlash, agar kishi ish kunlari uyqusizlik bilan o‘tkazgan bo‘lsa, sog‘liq uchun jiddiy xavf tug‘diradi, deydi Sechenov tibbiyot akademiyasining somnologi Mixail Poluektov "Vechernyaya Moskva" ga bergan intervyusida.

Umuman olganda, besh soatdan kam uxlash tanadagi jiddiy o‘zgarishlarga, keyinchalik esa o‘limha ham olib kelishi mukin. 5-6 soatdam kam uxlash diabet va yurak-qon tomir tizimidagi muammolarga sabab bo‘ladi. Ammo hafta davomida to‘yib uxlamay, dam olish kunini uxlab o‘tkazish yanad jiddiy muammolarni keltirib chiqaradi.

Somnologning qayd etishicha, uyquning ortiqcha bo‘lishi aqliy qobiliyatlarni susaytiradi, gorizontal holatda uzoq vaqt turish umurtqa pog‘onasi uchun xavfli bo‘lib, tanada metabolik jarayon buziladi, ortiqcha yog‘ to‘plana boshlaydi.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!