Shaytonning namozdan to‘sish usullari

Shaytonning namozdan to‘sish usullari

1. Banda namoz o‘qimoqchi bo‘lsa, uni vasvasa qilaman: “Hali vaqt bor-ku, hozir bandsan, oldin ishingni bitir, keyin o‘qirsan”, deyman.

2. Namozini kechiktirolmasam, odam-shaytonlardan birini yo‘llab, ular vositasida kechikishini ta’minlayman.

3. Buni ham qilolmasam, unga namoz o‘qiyotganida kelib: “O‘ngga qara, chapga qara”, deyman. Qarashi bilan yuzidan o‘pib, peshonasini silab qo‘yaman. Keyin esa: “Namozing buzildi!” degan vasvasa bilan namozdan chiqaraman.

4. O‘nggu so‘lga qaratolmasam, yakka namoz o‘qiyotganida kelaman-da, xuddi xo‘roz don cho‘qiganidek, tez-tez o‘qishini buyuraman.

5. Buni ham qildirolmasam, jamoat bilan namoz o‘qiyotganida kelib, boshini imomdan oldin sajdadan ko‘tarishini buyuraman va namozini buzaman. Alloh esa bundaylarni Qiyomat kuni eshak boshli qilib tiriltiradi.

6. Buni ham eplolmasam, namozda barmoqlarini qarsillatishini buyuraman. Shu tariqa menga tasbeh aytgan bo‘ladi.

7. Kambag‘alu bechoralarga borib, namozni tashlashlarini buyuraman. “Namoz sizlar uchun emas, bekorga vaqt ketkizmang!” deyman.

8. Kasallarning yoniga boraman-da ularga: “Kasallarga majburiyat yo‘q, tuzalgach, o‘qiyverasiz!” deyman. Ularni noshukrlik bilan Allohga isyon qilishga chaqiraman va ba’zilariga kufr so‘zlarni ayttirishga ham erishaman...

Manba: azon.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!