Shavkat Mirziyoyev Qarshida saraton kasaliga chalingan ayolga uy berdi

Shavkat Mirziyoyev Qarshida saraton kasaliga chalingan ayolga uy berdi

Saraton kasaliga chalingan ayolga prezident tomonidan uy berildi, deb xabar qildi Xalq bilan muloqot guruhi Feysbukdagi sahifasida.

Xabarda qayd etilishicha, Qarshi shahridagi Kat mahallasida 20 nafar nogironligi bo‘lgan, kam ta’minlangan fuqaroga 20 moslashtirilgan uy-joyning kaliti topshirilgan.

Jumladan, Qarshi shahri Naxshab mahalla fuqarolar yig‘ini hududida istiqomat qiluvchi, saraton kasalligiga chalingan, 2-guruh nogironi va shu kunga qadar bir nafar farzandi bilan onasinikida 4 nafar voyaga yetgan ukasi bilan yashab kelayotgan ayolga ham uy-joyning kaliti topshirilgan.

Ta’kidlanishicha, bu kabi ezgu ishlar joriy yilda ham davom ettirilib, shahar va tuman uy-joy komissiyalari tomonidan 285 nafar nogironligi bo‘lgan, kam ta’minlangan fuqarolar ro‘yxati shakllantirilib, ularning arzon uy-joy olishi uchun boshlang‘ich badal to‘lovlarini to‘lab berish bo‘yicha reja dastur ishlab chiqilgan.

Xabarda tadbir davomida tashkilotchilar tomonidan uyga ega bo‘lgan oilalarning 35 nafar farzandiga o‘quv-qurollari va boshqa qimmatbaho sovg‘alar ham berilgani qayd etilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!