Shavkat Mirziyoyev: Navoiy sharoitida eng dolzarb masalalardan biri – aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash

Shavkat Mirziyoyev: Navoiy sharoitida eng dolzarb masalalardan biri – aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash

Shavkat Mirziyoyevning navoiylik saylovchilar bilan uchrashuvi davom etmoqda.

"Navoiy sharoitida eng dolzarb masalalardan biri – aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash hisoblanadi. Shu bois, besh yilda viloyatda 1 ming kilometrdan ziyod ichimlik suvi va 90 kilometr kanalizasiya tarmoqlari quriladi.

Shuningdek, 32 milliard so‘mlik gidrogeologik tadqiqotlar olib borilib, Zarafshon shahri, Uchquduq, Xatirchi va Tomdi tumanlarining jami 70 mingdan ortiq aholisi yerosti zaxirasi hisobidan ichimlik suvi bilan ta’minlanadi. Natijada, 2026 yilga borib, 163 ming nafar aholiga ilk bor ichimlik suvi olib borilib, yana 200 ming aholining suv ta’minoti yaxshilanadi.

Viloyatda markazlashgan ichimlik suvi ta’minoti darajasi 69 foizdan 84 foizga yetkaziladi. “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari doirasida, kelgusi besh yilda 100 ta qishloq va mahalla obod qilinadi. Bunga, byudjetdan har yili kamida 600 milliard so‘m yo‘naltiriladi.

Shuningdek, kelgusi besh yilda 5 ming kilometr yelektr tarmog‘i, 1 mingdan ziyod transformatorlar yangidan quriladi. Bu o‘tgan besh yilga nisbatan 2 marta ko‘p. Viloyatda 6 ming kilometr avtomobil yo‘llari, 186 ta ko‘prik quriladi va ta’mirlanadi. Bunga 3 trillion so‘mga yaqin mablag‘lar yo‘naltiriladi".


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!