Shavkat Mirziyoyev gazga oid o‘ta muhim qarorni imzoladi

Shavkat Mirziyoyev gazga oid o‘ta muhim qarorni imzoladi

O‘zbekistonda aholi uchun gaz narxining keskin oshishiga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha bir qator chora-tadbirlar tasdiqlandi.

Qarorga ko‘ra, 2021 yil 1 oktyabrdan boshlab yuridik shaxslar tomonidan O‘zbekistonga import qilinadigan tabiiy gazni realizasiya qilish uchun aksiz solig‘i stavkasi nol foizni tashkil etadi.

Bundan tashqari, 2022 yil 1 yanvardan boshlab ishlab chiqarish korxonalari tomonidan sotiladigan suyultirilgan gaz aksiz solig‘iga tortilmaydi hamda tadbirkorlarga tabiiy va suyultirilgan gazni O‘zbekistonga olib kirishda qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lashni kechiktirish (bo‘lib-bo‘lib) huquqi beriladi.

Yana bir muhim jihat – hujjatda aholiga tabiiy va suyultirilgan gazni sotish tartibga solinadigan tariflar (narxlar) bo‘yicha amalga oshirilishi bevosita belgilab qo‘yilgan. Agar ular aholiga sotib olish bahosidan (birinchi tannarx) past narxda sotilsa, soliqlar shu narxdan kelib chiqib hisoblab chiqiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!