Sergelida "Nexia", "Malibu" va "Cobalt" to‘qnashdi

Sergelida "Nexia", "Malibu" va "Cobalt" to‘qnashdi

Ijtimoiy tarmoqlarda yo‘l-transport hodisasi haqida tarqayotgan xabarlar bo‘yicha Toshkent shahar IIBB ma’lumot berdi.

2021 yil 21 yanvar kuni taxminan soat 10.00 da Qumariq va kichik xalqa avtomobil yo‘li ko‘chalarining kesishmasida uchta transport vositalarining: 49 yoshli Zohid YU. boshqaruvidagi "Nexia" rusumli (davlat raqami 01 354 TTG) avtomobil, 63 yoshli Ahmadbek S. boshqaruvidagi "Malibu" rusumli (davlat raqami 01 R 016 KV) avtomobil va 40 yoshli Nurilla M. boshqaruvidagi "Cobalt" rusumli (davlat raqami 01 X 157 VV) avtomobillarning to‘qnashuvi yuzaga keldi. Taxminga ko‘ra YTH «Nexia» avtomobilining keskin to‘xtashi oqibatida ro‘y bergan.

To‘qnashuv oqibatida «Malibu» avtomobili haydovchisi badan shikastlari bilan tibbiy yordam uchun murojaat qildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!