Saylovlarga aralashishga urinish ko‘pincha «ichkaridan» bo‘ladi

Saylovlarga aralashishga urinish ko‘pincha «ichkaridan» bo‘ladi

Saylovlarga ijtimoiy tarmoqlar orqali ta’sir ko‘rsatishga urinish borgan sari tashqaridan emas, balki ichkaridan – saylov o‘tayotgan mamlakat aholisi tomonidan bo‘lmoqda, dedi Facebook rahbari Mark Sukerberg.

«Gap xorijdan urinishlar emas, balki ko‘proq «ichki» urinishlar to‘g‘risida bormoqda», - dedi u Myunxendagi xavfsizlik bo‘yicha konferensiyada.

Sukerberg keyingi yillarda saylovlarga ta’sir ko‘rsatishga urinishlar murakkablashganini, shu bois Facebook keng miqyosdagi himoya choralarini ko‘rayotganini aytdi.

Ammo uning ogohlantirishicha, bu boradagi vaziyat doimo o‘zgarib bormoqda.

Sukerbergning so‘zlariga ko‘ra, har kuni millionga yaqin soxta sahifalar, aksariyat hollarda ular yaratilganidan bir daqiqa o‘tishiga yopiladi. U bular asosan saylovga ta’sir ko‘rsatishga uringan odamlarning akkauntlari emas, balki spamchilarning sahifalari ekanligini aytdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!