Saudiya Arabistonidagi YTHda 30 dan ortiq ziyoratchi halok bo‘ldi

Saudiya Arabistonidagi YTHda 30 dan ortiq ziyoratchi halok bo‘ldi

16 oktyabr kuni Saudiya Arabistonida YTH oqibatida 36 ziyoratchi halok bo‘lgan. Bu haqda mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi. Polisiya, o‘z navbatida, 35 kishining o‘limini tasdiqladi.

“Ar-Riyod” nashrining ma’lum qilishicha, voqea Makka va Madina shaharlari o‘rtasidagi yo‘lda sodir bo‘lgan. Osiyo va Yaqin Sharq mamlakatlari ziyoratchilari kichik Haj – Umra ziyoratiga ketayotganda avtobus yuk mashinasi bilan to‘qnashib, butunlay yonib ketgan.

Avtobusda jami 40 kishi bo‘lgan. To‘rt kishi kasalxonaga yotqizilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!