Saudiya Arabistonida dunyodagi eng katta shifoxona ochildi. U tuyalar uchun!

Saudiya Arabistonida dunyodagi eng katta shifoxona ochildi.  U tuyalar uchun!

Tuyalarni davolaydigan dunyodagi eng katta shifoxona Saudiya Arabistonining Burayda shahridan uncha uzoq bo‘lmagan Al-Qosim markaziy viloyatida joylashgan.

Muassasaga ikki oy oldin – iyun oyida asos solindi va qurilishga 137 million Saudiya riali yoki 36.5 million dollar sarflangan.

Shifoxona maydoni 70 ming kv metrni tashkil etadi. Bu yerda bazaviy va surunkali kasalliklardan davolash amalga oshiriladi. Bundan tashqari, tuyalar rentgen va jarrohlik amaliyotini ham o‘tashlari mumkin.

“Tuyalar uchun shifoxona ochilgani yaxshi bo‘ldi. Oldin biz ko‘p qiynalardik, tuyalarni boshqa viloyatlarga olib borib davolatishga to‘g‘ri kelardi. Shifoxona yaqinida joylashgani uchun 98 foiz muammolarimiz yo‘qoldi” deydi tuyalar bilan savdo qiluvchi Abdulaziz As Salum.

Ma’lumot uchun, Al-Qosim viloyatida eng katta tuyalar bozori joylashgan. Oldin tuyaboqarlar jonivorlarni davolatish uchun 655 km yo‘l bosib boshqa tumanga borishlariga to‘g‘ri kelgan.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!