Sariosiyoda qarindoshlar o‘rtasida ommaviy mushtlashuv yuzaga keldi (VIDEO)

Sariosiyoda qarindoshlar o‘rtasida ommaviy mushtlashuv yuzaga keldi (VIDEO)

Surxondaryo. 2020 yilning 21 iyun kuni soat 17:30 da Sariosiyo tumani “Lutfikor” mahallasidan o‘tuvchi Sariosiyo-Uzun yo‘nalishidagi avtomobil yo‘lida 31 yoshli M.YA. o‘zining boshqaruvida bo‘lgan “Nexia” rusumli avtomashinasi bilan harakatlanib kelayotgan vaqtida o‘zi bilan bir yo‘nalishda 21 yoshli R.M.ning boshqaruvidagi “Cobalt” rusumli avtomashina bilan o‘zaro bir-biriga yo‘l bermasligi oqibatida o‘zaro tortishib qolib, ushbu hududga yaqin bo‘lgan M.YA.ning amakisi 55 yoshli O.YA., ning yashash uyi yoniga to‘xtab, avtomashinadan R.M. va uning ukasi 18 yoshli U.M., lar tushib fuqaro M.YA. va uning amakisi O.YA., lar bilan o‘zaro tortishib janjallashib bir-birlariga qasddan tan jarohati yetkazishgan.

Shu kunning o‘zida soat 18:30 da fuqaro R.M., ukasi U.M., otasi 41 yoshli O.X. va amakisi 32 yoshli X.O., lar, fuqaro O.YA., ning yashash uyiga borib, O.YA., ning qarindoshi bo‘lgan 31 yoshli O.N., ning tanasining duch kelgan joylariga qasddan urib tan jarohati yetkazgan.

Shundan so‘ng, soat 20:20 da M.YA. va uning janjaldan xabar topgan 5 nafar qarindoshlari birgalikda O.X., ga tegishli bo‘lgan kichik korxonasi binosi oldiga borib, O.X. va uning o‘g‘illari R.M., U.M., larni qo‘l va oyoqlari bilan badanlarining turli sohalariga qasddan urib tan jarohatlari yetkazganlar.

Mazkur holat yuzasidan hozirda Sariosiyo tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda va O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atish choralari ko‘rilmoqda.

 O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!