Sardiniyada plyajdan qum va chig‘anoqlarni o‘g‘irlaganlar 3000 yevrogacha jarima to‘laydi

Sardiniyada plyajdan qum va chig‘anoqlarni o‘g‘irlaganlar 3000 yevrogacha jarima to‘laydi

Sardiniya orolida plyajdan qum va chig‘anoqlarni olib ketishga jarima oshirildi. Endi bu uchun 3 000 yevro to‘lashga to‘g‘ri keladi. Bu haqda mahalliy huquqni himoya qiluvchi organlar e’lon qildi.

Ularning ma’lumotiga ko‘ra, 41 kishi (asosan sayyohlar) 100 kg qum, toshlar va chig‘anoqlarni o‘g‘irlaganlikda gumonlanmoqda. Sayyohlar va ayrim italiyaliklar noqonuniy olib chiqilgan qumni idishlarga solib esdalik sifatida sayyohlarga yoki onlayn kolleksionerlarga sotadi.

Orolning mashhur oq qumi qadrlanadi, uni olib chiqish uchun taqiq 2017 yildayoq joriy etilgan. Sardiniya aholisi bir necha yillardan beri ularning tabiiy aktivlari o‘g‘irlanganidan arz qilib kelishgan, ular qum o‘g‘irlanishini favquloida ekologik holat deb baholashadi. 2021 yil boshidan beri sayyohlardan 13 000 yevro jarima undirildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!