Samsung yil oxirigacha Rossiya bozoriga qaytmoqchi

Samsung yil oxirigacha Rossiya bozoriga qaytmoqchi

Shtab-kvartirasi Janubiy Koreyada joylashgan Samsung Electronics transmilliy kompaniyasi Rossiya bozoriga 2022-yil oxirigacha qaytishi kutilmoqda. Bu haqda "bnidigital" xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, Samsung o‘z mahsulotlarini Rossiya uskunalari sotuvchilariga yetkazib berishni qayta tiklashni, shuningdek, rasmiy internet-do‘konini qayta ochishni rejalashtiryapti.

"Bu oktyabr oyining boshida sodir bo‘lishi ham mumkin", — deydi kompaniyaga yaqin xabardor manba

Qayd yetilishicha,Samsungning Rossiya bozoriga qaytishi haqida gapirishga yaqinda Janubiy Koreya brendi Rossiya veb-saytini yangilagani sabab bo‘lishi mumkin. Portalda kompaniyaning yangi smartfonlari haqida ma’lumotlar mavjud.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!