Samarqandlik erkaklar haydovchini jarohatlab, avtomashinani olib qochishdi

Samarqandlik erkaklar haydovchini jarohatlab, avtomashinani olib qochishdi

2019 yil 11 avgust kuni soat 01:00larda 2 noma’lum shaxs Samarqand viloyatining Pastdarg‘om tumanida yashovchi 25 yoshli J.B. boshqaruvidagi “Nexia” rusumli  avtomashinasiga yo‘lovchi sifatida o‘tirib, Pastdarg‘om tumani Juma shahri To‘rttom mahallasi hududiga yetib kelganlarida, noma’lum shaxslar haydovchiga tan jarohati yetkazib, uni avtomashinadan zo‘rlik ishlatib tushirib, avtomashinani haydab qochib ketganlar. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi yozmoqda.

Olib borilgan qidiruv ishlari natijasida avtomashina Elbek mahallasi hududidan old chap tomon g‘ildiragi yorilgan holda topilgan. Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni To‘rttom mahallasida yashovchi, muqaddam sudlangan 20 yoshli M.O. va Nurobod tumani Baraka ko‘chasida yashovchi 24 yoshli X.N.lar sodir etganliklari aniqlanib, ushlanganlar. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!