Samarqandlik 14 yoshli o‘quvchi tomonidan o‘z maktabida tashkil etilgan loyiha Britaniyalik ekspertlar tomonidan yuqori baholandi

Samarqandlik 14 yoshli o‘quvchi tomonidan o‘z maktabida tashkil etilgan loyiha Britaniyalik ekspertlar tomonidan yuqori baholandi

2023 yil yanvar oyida O‘zbeksiton Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ta’lim sohasida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida maktablar haqiqiy ma’rifat o‘chog‘i bo‘lishi, uyushmagan yoshlarni birlashtirishi, ilmga chanqoq o‘quvchilarga imkoniyat yaratib berishi kerakligi ta’kidlangandi.

Mana shunday imkoniyatlardan keng foydalanayotgan Samarqandlik yoshlar o‘zining bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, uyushmagan yoshlarni maktab ichidagi to‘garaklarga jalb qilish uchun ko‘plab loyihalarni boshlab yuborgan.

2024 yilning aprel oyida Samarqandlik 14 yoshli o‘quvchi Maxmud Xamrayev tomonidan tashkil etilgan ProjectX ning taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Unda, jumladan, nufuzli xalqaro tashkilotning vakillari, British Council (Britaniya Kengashi) xalqaro tashkilotning Yevropa va Osiyo bo‘yicha Mintaqaviy direktori Alison Sripharam qatnashdi va mazkur istiqbolli loyihaga yuqori baho berdi.

Samarqand shahar 33 maktab 8-sinf o‘quvchisi tomindan asos solingan ProjectX loyihasi maktab o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarida, maktabda foydalanilmayatgan sinfxonalarda turli xil Book Club, Spaking Club va Debate Clublar, shuningdek, taniqli shaxslar ishtirokida masterklass va treninglar o‘tkazishni maqsad qilib qo‘ygan.

«Mening juda ham ko‘plab tengdoshlarim o‘z vaqtini kompyuter o‘yinlari va televizor tomosha qilib o‘tkazayotgan bir paytda men hozirda va keyinchalik yoz oylarida ham qiziqarli ham foydali mashg‘ulotlarni tashkil etishni rejalashtirganman. Bunda ustozim Muxammadxon Soliyev menga har tomonlama yordam berib kelayapti» deydi Maxmud Xamrayev.

Xalqaro ekspert Muxammadxon Soliyevning aytishicha, mazkur turdagi loyiha va klublar allaqachon rivojlangan mamlakatlarda joylashgan maktablar uchun tabiiy hol ekanligi va bizning maktablarda ham shunga o‘xshagan ilmiy hamda turli qiziqishlar bo‘yicha tashkil etilayotgan klublar so‘nggi yillarda davlatimiz tomonidan ta’lim sohasiga berilayotgan e’tibor, xalqaro standartlarni joriy etish harakatlarining mahsuli hisoblanadi.

Ma’lumot uchun loyiha tashabbuskori 13 yoshidayoq IELTS xalqaro imtihonidan 7.5 ballni qo‘lga kiritgan va kelajakda nufuzli oliy o‘quv yurtlariga muddatidan oldin kirishni rejalashtirayapti.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!