Samarqanddagi "yuqori xavfli" hududda 11 nafar tibbiyot xodimi, 2 ta maktab o‘quvchisi koronavirusga chalindi

Samarqanddagi "yuqori xavfli" hududda 11 nafar tibbiyot xodimi, 2 ta maktab o‘quvchisi koronavirusga chalindi

Viloyatning Payariq tumani "qizil", ya’ni "yuqori xavfli" hudud bo‘lib, u yerda 28 nafar fuqaroda virus aniqlangan.

? Bemorlarning 11 nafari — tibbiyot xodimi, 1 nafari — tuman gaz idorasi xodimi, 1 nafari — IIB xodimi,  3 nafari — mavsumiy ishchi, 1 nafari — haydovchi, 1 nafari — tadbirkor, 4 nafari — uy bekasi, 2 nafari — maktab o‘quvchisi, 4 nafari — pensioner ekani ma’lum qilindi.

? 30 may kuni tuman sanitariya-epidemologiya osoyishtalik markazi xodimlari tomonidan 186 ta aholi xonadonida epidemologik surishturuv ishlari olib borilgan.

? Bemorlar bilan birlamchi muloqotda bo‘lganlar jami 117 ta xonadondagi 121 nafar fuqoro uy sharoitida karantinga olingan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!