Samarqanddagi ayrim «chalasavodlik» Viloyat hokimi tomonidan aniqlandi va tanqid ostiga olindi

Samarqanddagi ayrim «chalasavodlik» Viloyat hokimi tomonidan aniqlandi va tanqid ostiga olindi

Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov o‘zining «Facebook» ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasi va veb-saytida,  “Do‘konlardagi chalasavod yozuvlar davlat tiliga bo‘lgan hurmatsizlik emasmi?!” hamda “Notarial idorada savodxonlik va tartib yo‘qmi?” nomli postlari bilan tanqidiy chiqish qildi.

Maqolada bugungi kunning dolzarb mavzusi bo‘lgan savodsizlik masalasi, mutasaddilarning befarqligi hamda reklama sohasidagi e’tiborsizliklar tilga olingan.

Ushbu postlarga ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari tomonidan ham ko‘plab fikr va mulohazalar bildirilgan.

Erkinjon Turdimov Kattaqo‘rg‘on va Oqdaryo tumanlari misolidagi ushbu postlari orqali Samarqand viloyatidagi barcha korxona va tashkilotlar rahbarlariga zaruriy xulosa chiqarish zarurligini eslatib o‘tgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!