Samarqandda bir oilaning to‘rt a’zosi is gazidan zaharlanib vafot etdi

Samarqandda bir oilaning to‘rt a’zosi is gazidan zaharlanib vafot etdi

Kattaqo‘rg‘on tumani Zarqo‘rg‘on mahallasida yashagan to‘rt kishidan iborat oila 2 yanvarga o‘tar kechasi is gazidan zaharlanib vafot etdi. Bu haqda UZ24 xabar bermoqda.

Voqea guvohlarining aytishicha, oila boshlig‘i suyultirilgan gazda ishlaydigan, Eronda ishlab chiqarilgan isitish qurilmasi sotib olgan va uni yoqib qo‘yib uxlagan. Oqibatda o‘zi, xotini va 15 yoshli qizi, 13 yoshli o‘g‘li vafot etgan. 20 yoshli o‘g‘li alohida xonada yotgani uchun tirik qolgan.

Kattaqo‘rg‘ondagi Eronda ishlab chiqarilgan pechkalar bilan savdo qiluvchi do‘kon hozirda yopib qo‘yilgan.

Avvalroq dekabr oyi oxirida Toshkent viloyatining Zangiota tumanida besh qiz bir kechada is gazidan zaharlanib, vafot etgani haqida xabar berilgan edi. Oktyabr oyi oxirida Toshkentning Chilonzor tumanida bir oilaning to‘rt farzandi is gazidan zaharlanib vafot etgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!