Samaradan 940 dan ortiq o‘zbekistonlik poyezdda vatanga jo‘natildi

Samaradan 940 dan ortiq o‘zbekistonlik poyezdda vatanga jo‘natildi

26 sentyabrda Rossiyaning Samara oblastidan O‘zbekistonga 943 nafar o‘zbekistonlik poyezdda jo‘natildi. Bu haqda oblast ma’muriyati matbuot xizmatida ma’lum qilindi.  

25 sentyabrda ham oblastdan 800dan ortiq o‘zbekistonlik avtobuslarda vatanga jo‘natilgan.   

Avvalroq Samara oblastidagi vaqtinchalik punktda ko‘p sonli o‘zbekistonlik migrantlar to‘plangani, ularning barchasi oblastga vatanga qaytish umidida kelgani ma’lum qilingandi. 

Ular uchun dastlab Bolshechernigov tumanida, hozirda esa Kinel tumanida chodirli lager tashkillashtirilgan. Bu yerda tibbiy xizmat, suv keltirish va oziq-ovqat mahsulotlari hamda birinchi ehtiyoj buyumlari savdosi yo‘lga qo‘yilgan, xorijiy fuqarolar va mahalliy aholining xavfsizligi ta’minlangan.

O‘zbekistonliklarni oblastdan olib chiqish bo‘yicha ish federal darajada tashkillashtirilgan bo‘lib, bu maqsadda maxsus ishchi guruh tuzilgan. 

Umuman olganda, may oyidan beri Samara oblastidan O‘zbekistonga 10 mingga yaqin o‘zbekistonlik qaytarilgan. 12, 14, 19 va 23 sentyabrda oblastdan poyezdda 3,5 ming kishi O‘zbekistonga jo‘natilgan, 16 sentyabrda esa 150ga yaqin kishi samolyotda uchib ketgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!