Sabah Durovning hibsga olinishida «Isroil izini» topdi

Sabah Durovning hibsga olinishida «Isroil izini» topdi

Turkiyaning Sabah gazetasi Telegram asoschisi Pavel Durovning hibsga olinishida «Isroil izini» topdi. Ushbu versiyaga ko‘ra, Durov Isroil va G‘arb davlatlari o‘rtasidagi fitna natijasida hibsga olingan.

Bunga sabab, maqola muallifining so‘zlariga ko‘ra, Telegram go‘yoki G‘azo sektoridagi vaziyat, falastinlik arablar o‘rtasidagi qurbonlar va boshqalar haqidagi «haqiqat»ni e’lon qilish imkonini beradigan yagona platforma bo‘lgan. Nashrning ta’kidlashicha, HAMAS terrorchilik tashkiloti «Isroil harbiy jinoyatlari haqidagi haqiqatni yetkazish» uchun o‘z xabarlarini dunyoga tarqatish uchun Telegram'dan faol foydalangan.

Shu bilan birga, Facebook va WhatsApp, shuningdek, boshqa platformalar Isroil bosimiga bo‘ysunib, Xamas tomonidan nashr etilgan kontentni muntazam ravishda o‘chirib tashlaydi, deb yozadi gazeta.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!