Rossiyani tark etish qarori tufayli Microsoft juda katta xarajat qildi

Rossiyani tark etish qarori tufayli Microsoft juda katta xarajat qildi

Amerikaning Microsoft korporasiyasining Rossiya bozorini tark etish qarori tufayli operasion xarajatlari 126 million dollarni tashkil etdi.

Bu haqda kompaniyaning moliyaviy hisobotida aytiladi.

"Natijada biz umidsiz qarzlar, aktivlarning qadrsizlanishi va ishdan bo‘shatish to‘lovlari bilan bog‘liq 126 million dollarlik operasion xarajatlarni qayd etdik", - deyiladi hujjatda.

4-mart kuni Microsoft kompaniyasi Rossiyada tovar va xizmatlar savdosini to‘xtatishga qaror qildi.

Keyinchalik Microsoft rossiyaliklarga Windows 11 va Windows 10'ni yuklab olishni taqiqladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!