Rossiyaliklarni ko‘proq o‘ldirish kerakligini aytgan Ukraina sobiq elchisiga hukm o‘qildi

Rossiyaliklarni ko‘proq o‘ldirish kerakligini aytgan Ukraina sobiq elchisiga hukm o‘qildi

Ukrainaning Qozog‘istondagi sobiq elchisi Pyotr Vrublevskiy millati yoki tiliga ko‘ra xalq orasida adovat qo‘zg‘ashda aybdor deb topilib, sirtdan 6 yilga ozodlikdan mahrum etildi.

Tegishli qaror Moskvaning Bosman sudi tomonidan qabul qilindi, deb yozadi TASS agentligi.

Eslatib o‘tamiz, 2024 yilning mart oyida Moskva sudi Vrublevskiyni sirtdan hibsga olishga ruxsat bergan, chunki diplomat avvalroq Kiyev rejimining maqsadi imkon qadar ko‘proq rossiyaliklarni o‘ldirish ekanini aytgan edi.

Ushbu shov-shuvli bayonotdan so‘ng Vrublevskiy o‘z lavozimidan chetlatildi. 2024 yil fevralida esa "Rosfinmonitoring" ukrainalik diplomatni terrorchilar va ekstremistlar ro‘yxatiga qo‘shdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!